DURRES

DURRESAlbaniya gʻarbidagi shahar. Adriatika dengizining Durres qoʻltigʻi boʻyida. Durres retining maʼmuriy markazi. Aholisi 70 ming ki-shidan ziyod. Mamlakatning eng katta porti. Shosse va t. y. lar tuguni. Kemasozlik, metallsozlik, oziq-ovqat, tamaki, koʻn, rezina sanoati korxonalari, shahar chetida kurortlar bor. Yirik baliq ovlash bazasi. Iqlimi yumshoq, yanv. ning oʻrtacha t-rasi 5°, iyulniki 25°, yillik yogʻin 1100—1800 mm. Shaharga mil. av. 7-a. da asos solingan. Antik shahar qoldiqlari saqlangan. Turizm rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x