DURAGAYLAR KOʻCHATZORI

DURAGAYLAR KOʻCHATZORI — eng yaxshi oʻsimliklarni tanlab olish maqsadida duragaylarni oʻstirish, koʻpay-tirish va oʻrganish uchun barpo etiladigan dala (maydon), boshlangʻich urugʻlik materiali ekiladigan koʻchatzor. D. k. ga 1-, 2-, 3-boʻgʻin (Gʻr Gʻ2, Gʻ3), ahyonda — yuqori boʻgʻin duragaylari ekiladi va oʻrganiladi. Duragaylar koʻchatzorida nisbiy genetik barqarorlashtirish ishlari oʻtka-ziladi va seleksiya koʻchatzoriga ekish uchun Gʻ3 dan eng yaxshi elita oʻsimliklari tanlanadi. Agar duragaylashda gomozigota ota-ona shakllaridan foydalanilgan boʻlsa, Duragaylar koʻchatzorida tanlash Gʻ2 dan, agar geterozigotali (murakkab chatish-tirishlarda) ota-ona shakllaridan foydalanilgan boʻlsa Gʻ, dan boshlanadi. Duragaylar koʻchatzorida qiyosiy baholash uchun duragay kombinatsiyalarining ota-ona shakllari yoki asosiy rayonlashtirilgan standart nav ham ekiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x