Dunyodagi eng ommabop smartfonlar reytingi

Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Omdia tahliliy kompaniyasi 2020 yil yakunlari bo‘yicha dunyo bo‘ylab yetkazib berilgan smartfonlarga oid hisobotini e’lon qildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Eng ko‘p yetkazib berilgan smartfonlar qatoridan Apple, Samsung va Xiaomi modellari o‘rin olgan, biroq ro‘yxat yetakchisi iPhone 11 — bozorga u 64,8 million nusxada ishlab chiqarilgan. Ushbu modeldan oldingi smartfon — iPhone XR ham 2019 yilda shu kabi reytingga boshchilik qilgandi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar ham Apple’ga nasib etgan, umumiy hisobda iPhone’lar reytingning besh pog‘onasini egallagan. Apple qurilmalari ortidan Galaxy A51 joylashgan.
Top 10 ro‘yxat:

    • iPhone 11 — 64,8 million;

    • iPhone SE (2020) — 24,2 million;

    • iPhone 12 — 23,3 million;

    • Galaxy A51 — 23,2 million;

    • Galaxy A21s — 19,4 million;

    • Galaxy A01 — 16,9 million;

    • iPhone 12 Pro Max — 16,8 million;

    • Galaxy A11 — 15,3 million;

    • Redmi Note 9 Pro— 15 million;

    • iPhone 12 mini— 14,8 million.

Qiziq jihati, yetkazib berilgan iPhone 12 mini’lar soni iPhone 12 Pro’dan ko‘proq, ammo savdo natijalariga oid hisobotda kichik model u qadar yuqori emas. iPhone 12 Pro Omdia’ning yetakchi smartfonlar qatoridan joy olmagan.

4.5 8 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x