Bolalar yolg‘on gapirganda nima qilish kerak?

Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Rostgo‘ylikni mahkam tutinglar. Zero, rostgo‘ylik ezgulikka yo‘llaydi, ezgulik esa jannatga boshlaydi.

Kishi rost gapirish va rostgo‘ylikka intilishda davom etaveradi, natijada Alloh huzurida rostgo‘y deb yoziladi. Yolg‘onchilikdan saqlaninglar. Zero, yolg‘onchilik fojirlikka (gunohkorlikka), fojirlik esa do‘zaxga boshlaydi. Banda yolg‘on gapirish va yolg‘onchilikka intilishda davom etaveradi, nihoyat Alloh huzurida yolg‘onchi deb yoziladi”, dedilar” (Buxoriy, Muslim, Termiziy rivoyati).
Avvalgi maqolamizda bolalarning yolg‘on gapirishiga sabab bo‘ladigan ba’zi holatlarini ko‘rib chiqqan edik. Xo‘sh, bular bilan qanday kurashish mumkin?
Tarbiyaning va umuman taqvoning asosi – halol rizq ekanligi haqida eslatib o‘tish shartmas, fikrimizcha buni hamma biladi va bunga amal qilishga harakat qiladi. Shunday bo‘lsa ham, farzandingiz sizni aldaganini sezsangiz asabiylashishga uni izza qilishga shoshilmang. Bolaning nega yolg‘on gapirganini tushunishga harakat qiling.
Bolalarga yolg‘on gapirib rohatlanmaydi, ko‘p bolalar yolg‘oni fosh bo‘lishdan xavotirlanib yurishadi. Sizning agressiv yoki o‘ylanmay qilgan munosabatingiz bolani juda yomon ahvolga solib o‘rtangizdagi munosabatga yomon ta’sir qilishi mumkin. Sizni va bizni maqsadimiz, nafaqat yolg‘onni yo‘q qilish, balki bolalarimiz hayotidagi o‘zgarishlardan xabar topib, ularni hal qilishida yordamchi bo‘lishdir.
Agar farzandingiz hech qanday maqsadsiz, shunchaki yolg‘on gapirayotgan bo‘lsa, o‘zingiz va boshqa oila a’zolaringizni kuzating, farzandingiz kimgadir taqlid qilayotgan bo‘lishi mumkin. (Bu 4-5 yoshdan katta bolalar uchun, 4 yoshdan kichik bolalar shunchaki, nutqi, fantaziyasi rivojlanayotgan davrda xayoliy do‘stlar voqealar to‘qishi mumkin) Biz uchun ahamiyatsiz tuyulgan mayda yolg‘onlarimiz ham nomai amalimizga yoziladi, ham kimlarningdir ishonchini sindiradi, kutayotgan odamni esa vaqtini zoye qiladi. Farzandlarimiz orqali bizlarni tarbiyalaydigan Allohga hamdlar bo‘lsin.
Oldingi maqolada aytib o‘tgan ikkinchi sabab – qo‘rqinch edi, farzandingiz jazodan qo‘rqib yolg‘on gapirsa, bilingki siz haddan ziyod qattiq qo‘lsiz yoki jazolar adolatsiz berilgan.Shuni unutmangki, bolalarni avvaldan ogohlantirilgan ishlar uchungina jazolagan ma’qul. Tasavvur qiling siz ishga kech qoldingiz, agar sizni avvaldan bu uchun jarima borligini ogohlantirilmagan holda oyligingizdan jarima ushlab qolishsa, aybingiz borligini bilsangiz ham buni adolatsizlik, deb qabul qilasiz. Bolalarda ham xuddi shunday tuyg‘u bo‘ladi.
Sizni xursand qilish uchun yoki aksincha hafsalangizni pir qilmaslik uchun yolg‘on gapirgan farzandingizdan siz juda ko‘p narsalar kutgan ko‘rinasiz. Har bir bolaning o‘ziga yarasha qobiliyati borligini va bu qobiliyat doim ham siz kutgan, orzu qilgan narsalar bilan mos kelmasligini tushunib yeting. Biz bolalarni bizni orzuyimizda emas, o‘z hayotida yashashiga qo‘yib beraylik, o‘ziga yoqqan va uddasidan chiqqan mashg‘ulotlari bilan shug‘ullansin.
Bolalarni maqtanishga, o‘zini ko‘rsatishga harakat qilishi tabiiy holat, shu maqsadda yolg‘on to‘qigan farzandingiz bilan musulmon kishining qadriyatlari haqida gaplashib, o‘zingiz ham atrofdagilar bilan muomalada ularga namuna bo‘lganingiz ma’qul.
Bizga eng qo‘l kelgan va bola aqidasiga ham tasir qiladigan tarbiya usullaridan biri – Alloh uni har joyda va har vaqt ko‘rib turishini, farishtalar har bir amallarni yozib borishini eslatib turishdir.
Psixologlarning fikriga ko‘ra, ota-onasi uni yaxshi ko‘rishiga qattiq ishongan bolalarning yolg‘on gapirishi ehtimoli ancha kamroq ekan. Albatta, yolg‘onni e’tiborsiz qoldirishingiz, uni yana takrorlanishiga sabab bo‘ladi, ba’zida esa yolg‘onni sezganingizni bolaga ko‘rsatishingizni o‘zi yetarlicha tarbiya bo‘ladi.
Shuni unutmangki, farzandlarimiz jismonan, ruhan, aqlan rivojlanib boryapti, bu davrda ular bizning maslahatimiz va qo‘llab-quvvatlashimizga muhtoj. Buni faqat ularni ishonchida bo‘lgan holimizda amalga oshirish mumkin.

Manba: Azon.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x