Dunyoda o‘qituvchilar oyligi qancha?

O‘qituvchilik kasbi azaldan eng ulug‘ kasblardan biri sanaladi. Lekin, hamma joyda ham uning mehnatiga yarasha oylik ish haqi to‘lanavermaydi.

Bugun, Jamshidebek Boboyevning kanalida dunyoda o‘qituvchilarga to‘lanadigan oylik maoshlar haqida qiziqarli ma’lumot joylanibdi. Bu ma’lumotlar ko‘pchilikka qiziq bo‘lganligi uchun biz ham kanalga joylashga qaror qildik.

Dunyoda o‘qituvchilarga to‘lanadigan oylik maoshining har yillik ko‘rsatkichlari hisoblab boriladi. Ushbu ko‘rsatkich 2021 yilga tegishli eng yangi ma’lumotlardir.

O‘qituvchilarning ish haqi o‘qituvchining malakasi, dars soatlari soni, ta’lim muassasasining turi, ish tajribasi va maktabning obro‘siga qarab hisoblanadi.

❗️Dunyodagi ayrim davlatlarda o‘qituvchilarga quyidagicha miqdorda oylik ish haqi to‘lanar ekan:

🇨🇭Shveysariya 6240 AQSH dollari

🇩🇰Daniya 6190 AQSH dollari

🇱🇺Luksemburg 5850 AQSH dollari

🇿🇦JAR 1415 AQSH dollari

🇰🇿Qozog‘iston 486 AQSH dollari

🇲🇳Mongoliya 434 dollari

🇹🇯Tojikiston 155 AQSH dollari

🇺🇿O‘zbekiston 184 AQSH dollari

🇨🇺Kuba 30 AQSH dollari

P.S: Bu 2021 yilning yanvar oyidagi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Chunki, ayni damda O‘zbekistonda oddiy o‘qituvchilarning oylik maoshi 215 AQSH dollorga to‘g‘ri kelmoqda.

Manba: @dokument_zamdirektor

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x