O’qituvchilar va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi

O’qituvchilar va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi

1 boshlovchi

Azaldan ustozni ulug’lar xalqim,
Ularga ezgulik tilamoq haqqim.
Bunchala buyuksiz, bunchalar zukko,
Umringiz mo’jiza-yetmaydi aqlim.

2 boshlovchi:
Ustozni e’zozlash azaliy odat,
Shogirdning kamoli ustoz uchun baxt.
Millionlar qalbida so’nmas mayoqsiz
Bir duo tilamoq insoniy burchim.

1 boshlovchi:

Assalomu-alaykum mehri daryo, qalbi quyosh, jonkuyar, fidoyi muallimlar, aziz ustozlar!!

2 boshlovchi
Assalomu-alaykum ezgulik bunyodkori bo’lmish siz muhtaram ustozlaru, aziz mehmonlar!!

1 boshlovchi:
Siz ustozlarga atalgan bugungi kechamizni Davlatimiz madhiyasi bilan boshlashga ijozat bersangiz. Marhamat.

2 boshlovchi
Nechog’ baxtiyorman, ta’zimda shut ob,
Sizning sha’ningizga bitmoqdaman bayt.
Ne odam bo’lardim qo’limda kitob
Biror harf tanimay tursaydim loqayd.

1 boshlovchi
Dunyoda kasblar ko’p, har birining  hayotda o’z o’rni, o’z ahamiyati bor. Lekin ular orasida shunday ulug’ kasb borki, boshqa barcha kasblar uning negizida shakllanadi va taraqqiy etadi. Bu olijanob kasb – muallimlikdir.

2 boshlovchi
To’g’ri aytasiz, o’qituvchilikni ko’p qirrali, sermazmun, murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularni ilm- fan sirlaridan boxabar etish kabi muhim vazifalar yotadi.

31.jpgO’quvchi:
Qo’limga qalamni ushlatdi ilk bor,
Shu ondan qalbimda boshlandi bahor.
Undanda buyukroq, ulug’roq kim bor?
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

O’quvchi:
Barcha ilmlarning kaliti sizda,
Sahovot nuri bor bu qalbingizda.
Otasiz, onasiz har o’g’il –qizga
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

O’quvchi:
O’qishni o’rgatib, ko’zni ochdingiz,
Ilm sirlarini qalbga sochdingiz.
Otaday ulug’siz, kelajak-sizsiz
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim!

O’quvchi:
Dard bo’lsa dardlashgan doim biz bilan,
Sirdoshdek sirlashgan hatto biz bilan.
Qalbimiz, mehrimiz, ustoz, siz bilan
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim

1 boshlovchi
Olamning gultojisi inson bo’lsa, ular orasida Olloh nazari tushgani, suyuklisi ustoz-muallimlardir.

2 boshlovchi
Bizlarning har bir savolimizga chuqur e’tibor va bosiqlik bilan javob beruvchi, elning nazaridagi birinchi muallim
Ikkala boshlovchilar:
Sizlarga bugun qo’limizni ko’ksimizga qo’yib tashakkur aytamiz.

Raqs.

1 boshlovchi
O’qituvchilik azal-azaldan e’tiborli kasb hisoblanadi. Mamlakatimizda Respublikamiz Prezidentining Farmoni bilan 1997 yildan boshlab 1 oktabr- O’qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanmoqda.

2 boshlovchi
Dunyoning hech bir mamlakatida o’qituvchi va murabbiylarga nisbatan bu qadar e’tibor qaratilmagan. Shu fursatdan foydalanib, maktabimiz  o’qituvchilarini barchamiz nomidan tabriklashga ijozat bersangiz.

(Ustozlarga gullar taqdim etiladi)

1 boshlovchi
Quyoshni qaritar zahmatlaringiz,
Ellarda dostondir mehnatlaringiz.
Yog’ilgay siz uchun rahmatlarimiz
Bizning muallimlarimiz (barcha)

O’quvchi:
Shogirgim obroyim, yuzim degan zot
Ishonchim, umidim, ko’zim degan zot.
Bolajonim- o’g’lim, qizim degan zot
Bu sizsiz ustozlar, hokisorlarim!

O’quvchi:
Sabr ham, toqat ham, bardosh ham sizsiz,
Gog quvonch, goh alam, ko’z yosh ham sizsiz.

Har ikki olamda quyosh ham sizsiz.
Siz mening g’ururim, iftixorlarim.

O’quvchi:
Tortilib, o’ylanib yashabsiz bilsam,
Bir umr kuymanib yashabsiz bilsam,
Ertam deb o’ylanib yashabsiz bilsam
Ey mening fidoyi alp chinorlarim.

O’quvchi:
G’unchalar ochilib bo’lishganda rom,
Barchasin ardoqlab etdim ehtirom,
Mehrimning sharobin tutdim to’la jom
Faxrga sharafdir ustoz degan nom.

2 boshlovchi
O’qituvchilar haqida ruz va o’zbek shoirlari bayt bitganlar, ular haqida shunday hikmatli so’zlar aytganlar.

O’quvchi:
Birovni o’rgatishing uchun o’zing o’rganishing lozim bo’lganidan ham ko’ra ko’proq aql kerak

O’quvchi:
Tarbiya ta’limdan ustun turadi. Insonni tarbiya voyaga etkazadi.

O’quvchi:
Maktabning maqsadi tarbiya va faqat tarbiyadir.

O’quvchi:
Inson dunyoni qanchalik bilsa, o’zligini ham shunchalik anglaydi.

O’quvchi:
Muvaffaqiyatli tarbiyaning siri o’quvchiga hurmatda.

O’quvchi:
Fikr! Buyuk narsa! Insonning ulug’vorligi ham erkin fikrdadir.

O’quvchi:
Ilmdan yaxshiroq hazina bo’lmas,
Qo’lingdan kelgancha tera olsang bas!

O’quvchi:
O’quv qunt beradi, bilim sharaf-shon.
Shu ikkovi tufayli ulug’dir inson.

O’quvchi:
To’g’ri, shu bois yurtimizning e’zozli tarbiyachilari bo’lmish ustoz murabbiylar hamisha el-yurt ardog’ida.

1 boshlovchi
Ustozlarga bo’lgan yuksak ehtirom ila navbatni raqsga beramiz.

2 boshlovchi
Ey, inson idrokini charxlovchi zot
Ey, ma’rifat bog’ini gullatgan zako
Siz bilan munavvar bu shirin hayot
Siz bilan oboddir bu ko’hna dargoh.
O’qituvchim anbarim mening
Hayot yo’llarida sarvarim mening.

1 boshlovchi
Endi so’z navbati maktabimiz  ustuni,  jonkuyarimiz, maktabimiz direktoriga.

2 boshlovchi
Dedilar: dunyoda asli kim aziz
Aytdilar: ustozdir, ustoz begumon.
Tag’in aytdilarki: aziz shubhasiz
Ustoz qadriga yetolgan inson.

2 boshlovchi
Shuning bilan ustozlar va murabbiylar kuniga bag’ishlab o’tkazilgan bayram dasturimiz o’z nihoyasiga yetdi. Xayr. Omon bo’linglar

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x