DONESK VILOYATI

DONESK VILOYATI (1961-y. gacha Stalino viloyati) — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1932-y. 17-iyulda tashkil etilgan. Ukrainaning jan.-sharqida. Mayd. 26,5 ming km2. Ahsshisi 5125,4 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, yahudiy, belorus va b. millat vakillari ham yashaydi. 18 tumanga boʻlingan, 49 shahar, 139 shaharcha bor. Markazi — Donesk sh.

Donesk viloyatining koʻp qismi dare vodiylari, jarlar oʻyib yuborgan toʻlqinsimon tekislikdan iborat (bal. 200 m gacha). Shim.-sharqida Donesk qirlari (bal. 350 m gacha), undan gʻarbda Dnepr boʻyi pasttekisligi, jan. da Azov boʻyi qirlari bor. Iqlimi moʻtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi shim.-sharqda —7,8°, jan. da —5,4°, iyulniki shim.-sharqda 20,8°, jan. da 22,8°. Yiliga 450—500 mm yogʻin yogʻadi. Yirik daryolari: Severskiy Dones, Samara, Volchya va b. Tuprogʻi koʻp qismida qora-tuproq. Oʻrmonlar bor. Azov dengizi sohilida choʻl oʻsimliklari oʻsadi.

Donesk viloyatida ogʻir sanoat (koʻmir qazib olish, metallurgiya va mashinasozlik) rivojlangan. Donesk viloyati toshkoʻmir qazib olishda MDHda Rossiyadan keyin 2-oʻrinda turadi. Qora metallurgiyada ma-halliy koks va Krivoy Rog hamda Kerch rudasi va Nikopol marganetsi ishlatiladi. Artyomovsk rangli metall z-di, Konstantinovka «Ukraink» zdi, Nikitovka simob k-ti va Chasovni Yar oʻtga chidamli buyumlar kti ishlab turibdi.

Donesk viloyati ogʻir mashinasozlikning yirik markazlaridan. Koks kimyosi z-dlari bor. Yirik qurilish materiallari sanoatida sement, oyna, yigʻma temir-beton, shifer, asbest ishlab chiqariladi. Slavyanskda yirik kalam f-kasi bor. Yengil va oziq-ovqat sanoati ham rivojlangan. Energetika xoʻjaligi ma-halliy kumir va qisman boshqa yerlardan keltiriladigan neft bilan ishlaydi. Yirik GRESlar bor.

K-x. koʻp tarmokli, yuksak darajada mexanizatsiyalashgan. Gʻalla va texnika ekinlari, sabzavot-poliz, kartoshka va yem-xashak ekinlari ekiladi. Bogʻdorchilik ham rivojlangan. Tokzorlar kengaytirilmoqda. Chorvachilikda koʻproq qoramol boqiladi; choʻchqachilik, qoʻychilik va parrandachilik ham rivojlangan.

T. y. ning asosiy magistrallari: Donbass—Xarkov va Donbass—Dnepr boʻyi va b. T. y. lar elektrlashtirilgan. Avtomobil yoʻllari uz. 8,2 ming km. Aeroportlari: Donesk, Mariupol. Azov dengizi boʻyidagi yirik porti — Mariupol. Oliy oʻquv yurtlari, jamoat kutubxonalari, muzeylar, teatrlar ishlab turibdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x