DOKUCHAYEV Vasiliy Vasilyevich

DOKUCHAYEV Vasiliy Vasilyevich (1846.1.3, Milyukove qishlogʻi, hoz. Smolensk viloyati Sichyovskiy tumani — 1903.8.11, Peterburg) — rus tabiatshunos olimi, Peterburg un-ti prof. (1883—96). «Rossiya qora tuprogʻi» (1883), asarida genetik tuproqshunoslik asoslarini yaratdi, tuproqshunoslik fanining asosiy qoidalarini taʼriflab berdi. «Bizning dashtlar oʻtmishda va hozir» (1892) asarida qurgʻoqchilikka qarshi kurash majmuining ilmiy yechimlarini koʻrsatib bergan. Rossiyada birinchi tuproqshunoslik kafedrasiga asos solgan (1895). Dokuchayev gʻoyalari tabiiy geogr., oʻrmonshunoslik, melioratsiya va b. rivojlanishiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Rossiya Qishloq xoʻjaligi FA Tuproqshunoslik in-ti va b. ilmiy muassasalar Dokuchayev nomi bilan ataladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x