DETEKTIV FILM

DETEKTIV FILM (ing. detective — izquvar, lot. detego — ochmoq, fosh qilmoq) — chigal, jinoiy va davlatga qarshi ishlarning fosh etilishi haqida hikoya qiluvchi kino sanʼati asari. Dastlabki Detektiv film lardan biri «Bir jinoyat tarixi» (rej. F. Zekka, 1901). Bu janr asoschisi fransuz rej. V. Jasse (1908—09 y. larda izkuvar Nik Karter haqida film-serial ishlagan). 1913 — 14 y. larda Fransiyada «Fantomas» (5 seriya, rej. L. Fyoyad) filmi ekranga chikdi. 30-y. lar komediya va chuqur psixologik talqinli Detektiv filmlar paydo boʻldi. Bu janrning uzluksiz rivoji 40-y. lardan boshlandi («Malta lochini», rej. J. Xyuston; «Shanxaylik ledi», rej. O. Uells; «Arqon», rej. A. Xichkok va b.). D. f., shuningdek, «josuslik» filmlari hamda trillerlarni ham oʻz ichiga oladi. «Soʻnggi patron» (Ruminiya), «Oltin tish» (Bolgariya), «Jinoyat joyi — Berlin» (Germaniya), «Garovga tikilgan hayot» (Polsha), «Oʻlik mavsum» (Rossiya) va b. D. f. lar mashhur. «Oʻlim qudugʻi» (1933, ssenariychi va rej. N. Klalo) birinchi oʻzbek Detektiv film idir. «Falokat oyoq ostida», «Ehtiyot boʻling! Ilon!» (rej. Z. Sobitov), «Oltin teri» (M. Ogʻamirzayev), «Parol — Regina mehmonxonasi» (Y. Aʼzamov, Z. Royzman), «Haqiqatgoʻylikning achchiq mevasi» (Z. Royzman), «Karaxtlik» (E. Eshmuhamedov) va b. eng yaxshi oʻzbek Detektiv film laridir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x