RAXMANINOV Sergey Vasilyevich

RAXMANINOV Sergey Vasilyevich [1873.20.3(1.4), Novgorod gubernyasi — 1943.28,3, Beverli-Xils, Kaliforniya, Nyu-York yaqinidagi Kensikoda dafn etilgan] — rus kompozitori, pianinochi va dirijyor. Moskva konservatoriyasini fortepiano (1891) va kompozitsiya (1892) ixtisosliklari boʻyicha tugatgan. Moskvadagi Rus xususiy opera teatri (1987—98), Katta teatr (1804—06)da dirijyor. 1918-y. dan AQSHda yashagan. Raxmaninov ilk asarlari (1 fortepiano konserti, 1891; «Aleko» operasi, 1892 va b.) dan rus mumtoz kompozitorlik anʼanalariga tayangan. Uning keng koʻlamli lirik kuylarga boy musiqasi rus xalq qoʻshiqchiligi va cherkov musiqasi, shu b-n birga sharq musiqasi anʼanalariga asoslanadi. Buyuk virtuoz pianinochi sifatida shuhrat qozongan Raxmaninov ijodida fortepiano asarlari alohida oʻrin tutadi: fortepiano va orkestr uchun 4 ta konsert va «Paganini mavzusiga rapsodiya»si, prelyudiyalar va etyudmanzara turkumlari, 2 ta sonata va fortepiano triosi va b. «Simfonik raqslar», «Ioann Zlatoust liturgiyasi» va «Tungi bedorlik» xor asarlari, romanslar, kamercholgʻu asarlari va b. mashhur. Raxmaninovning umumsharqona uslubga mansub asarlari orasida «Kuylama sohibjamol» romanei, «Sharqona raqs», «Vokaliz» kabi kamercholgʻu asarlari, 2 va 3 fortepiano konsertlari va b. mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x