DERYAYEV

DERYAYEV Xidir (1905, Mari viloyati Egriguzar qishlogʻi — 1987, Ashxabod) — Turkmenistan xalq yozuvchisi (1967). Turkmaniston FA muxbir aʼzosi (1969). Toshkentdagi maorif in-ti (1926) va Oʻrta Osiyo davlat un-tini tugatgan (1931). Ashxobod pedagogika in-tida oʻqituvchi (1931), kafedra mudiri (1938). Turkman mumtoz adabiyotini tadqiq etish va nashr qilishda faol qatnashgan, birinchi boʻlib turkman tili darsligini yaratgan. Ilk sheʼrlarini Toshkentda yozgan. «Amudaryo» dostoni (1928) Turkmanistonda suv muammosiga bagʻishlangan. «Afsusmi yo maslahat» dostoni (1929) odob-axloq mavzuida. «Qonli panja» (1937) asari turkman adabiyotidagi dastlabki realistik romandir. Yozuvchi uni qayta ishlab, 2—4 qismlarini yozib, «Qismat» nomi bilan chop ettirgan (1960— 71). «Boʻron» (1974) romani, «Qismat» (1962, roman asosida), «Mehri» (1964), «Xoʻjanafas» (1969) dramalari muallifi. «Qismat» romanining 1—2 kitoblari P. Krdirov tarjimasida oʻzbek tilida nashr qilingan (1967, 1972).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x