DESHIFRATOR

DESHIFRATOR (frans. dechiffrer – maʼnosini yechmoq) — xabarlarni oʻqiydigan (dekodlaydigan) va undagi axborotlarni qabul qiluvchi tizim tiliga (kodiga) oʻtkazadigan qurilma; aloqa, telemexanika, radiolokatsiya qurilmalari va b. da beriladigan axborot signallarini nazorat qiladi. Deshifratorning kirish qismiga kelgan axborotlar oʻzgartiriladi (deshifrlanadi) va chiqish qismida axborot mazmunini ifodalovchi signalga aylanadi. Deshifrator kiri-shidagi signalga chiqishidagi muayyan signal mos keladi. Deshifrator telegraf apparatlari, telefon aloqasi, telemexanika, hisoblash texnikasi, radiotexnika va oʻlchash texnikasida qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x