QUROLLI KUCHLAR ANSAMBLI

QUROLLI KUCHLAR ANSAMBLI, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari markaziy ashula va raqs ansambli — respublikada harbiy xizmatchilardan tuzilgan yetakchi ansambl. 1939-y. Toshkentda Turkiston harbiy okruti ashula va raqs ansambli nomi bilan tashkil topgan. 1992-y. dan hoz. nomda. 2-jahon urushi davrida ansambl harbiy qismlarda, gospitallarda, Zakavkazye frontida, Eronda konsertlar bergan (1941—43). Hozirgi repertuaridan xalq kuy va qoʻshiqlari, Oʻzbekiston bastakor va kompozitorlari (P. Maka-rov, A. Nazarov, Hab. Rahimov, R. Abdullayev, Sh. Dadajonov va b.)ning harbiyvatanparvarlik, qahramonlik mavzuidagi («Ona yurt», A. Nazarov; «Jon Vatan», Sh. Dadajonov; «Har bahor, har kuzda», K. Rahmatov va b.), lirik («Rayhon», «Kuygan koʻngil», «Xayr yorim»), raqs qoʻshiqlari (xo-razmcha «Nega gerag» va b.), vokal-raqs kompozitsiyalari (oʻzbek mumtoz ashu-lalaridan iborat «Guldasta», turli xalqlar qoʻshiqlaridan iborat «Terma» va b.) oʻrin olgan. Xonanda, sozanda va (raqqosa)lar guruhlari (jami 70 kishi)dan iborat. Hozirda boshligʻi va badiiy rahbari — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, bastakor Sh. Da-dajonov, bosh baletmeysteri — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Qoraqalpogʻiston xalq artisti Z. Madrahimova, xormeyster — O. Komiljonov, musiqa rahbari — F. Azimov, rej. — Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan artist A. Goloshchapov. Ansamblda xonandalar: Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist M. Hakimov, Qoraqalpo-gʻistonda xizmat koʻrsatgan artist K. Rahmatov, O. Nazarbekov, I. Iskan-darova, I. Saidumarov, Z. Bobojo-nov, raqqosalar: Sh. Najmiddinova, Z. Shamshixonova va b. faoliyat koʻrsatmokda. Jamoa Pokiston, Afgʻoniston, AQSH, Germaniya, Italiyada gastrolda boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x