DERMATOLOGIYA VA VENEROLOGIYA ILMIY TADQIQOT INSTITUTI

DERMATOLOGIYA VA VENEROLOGIYA ILMIY TADQIQOT INSTITUTI — Oʻzbekistan Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli ilmiy tadqiqot muassasasi. 1932-y. Toshkent sh. da tashkil etilgan. In-tda jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar, keng tarqalgan dermatozlar va dermatomikozlar, shuningdek, moxovni aniqlash, davolash va oldini olish ustida tadqiqotlar olib boriladi. Bunda S. Xidirov, U. K. Beluxa, M. Obidov, A. Vaysov kabi olimlarning xizmatlari katta.

In-tda jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalar, mikologiya, dermatologiya boʻlimlari, ilmiytashkiliy boʻlim, ilmiy-maslahat poliklinikasi va mikrobiologiya, serodiagnostika, immunologiya, farmakoterapiya, bio-kimyo va morfologiya lab. lari, 160 oʻrinli klinik kasalxona, kutubxona, vivariy va h. k. bor (2001). In-tda 4 fan d-ri (S. Arifov, K. Yoʻldoshev, A. Rahmatov, E. Eshboyev), 27 fan nomzodi va b. xodimlar xizmat qiladi (2001). In-t Davlat fan va texnika qoʻmitasi, chet el grandlarini yutgan. In-tda ilmiy toʻplam, monografiya, darslik va turli qoʻllanmalar chop etiladi, ixtirolar qilinadi, dermatovenerologiyaning dolzarb muammolari boʻyicha ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkaziladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x