O‘zbekiston Respublikasi Davlat bolalar kutubxonasi


Post Views:
499

Kutubxonaga 1965 yilda asos solingan. Kutubxona fondiga kitoblar bilan birgalikda CD-disklar, video-audio tasmalar ham jamlanmoqda. Kutubxonada Kitob saqlash, Kutubxona fondini to‘kislash va kataloglarni tashkil etish, Maktabgacha yoshdagi va1–4-sinf o‘quvchilariga hamda 5–9-sinf o‘quvchilariga kutubxona xizmati ko‘rsatish, Ilmiy-metodik, Axborot va ma’lumot bibliografiya, Ma’naviyat-ma’rifat va san’at, Axborot texnologiyalari bo‘limlari mavjud.

Kutubxonaning Axborot texnologiyalari bo‘limi qoshida «Sog‘lom avlod» media markaz tashkil etilgan.

Kutubxona tashabbusi bilan O‘zbekiston bolalar kutubxonalarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashuvchi xayriya jamg‘armasi tashkil etilgan.

Bugungi kunda kutubxona fondida300 mingdan ziyod adabiyotlar saqlanmoqda.

Kutubxona Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 510 ta bolalar kutubxonalariga metodik rahbarlik qiladi.

O‘ZBEKISTONNING YIRIK KUTUBXONALARI
Metodik ma’lumotnoma Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti
Toshkent – 2004

https://shosh.uz/uz/o-zbekiston-respublikasi-davlat-bolalar-kutubxonasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x