DASHTI KAVIR

DASHTI KAVIREron togʻligining shim.-sharqidagi choʻl. Uz. qariyb 500 km, eni 250 km chamasida. Mayd. 55 ming km2. Bal. 600—800 m li qator berk botiqdan iborat. Botiqlarda taqirlar, shoʻrxoklar, qurib qoladigan shoʻr botqoqliklar va koʻllar bor. Koʻp qismida oʻsimlik deyarli oʻsmaydi. Yozda yer yuzasi qalinligi bir necha sm li oppoq tuz qatlami bilan qoplanadi. Bahorgi namgarchilikda bu yerlarda yurib boʻlmaydi. Choʻlning shim. chekkasida yirik vohalar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x