DARVESh MUHAMMAD

DARVESh MUHAMMAD ibn Doʻstmuhammad Buxoriy (16-a.) — xattot, husnixat nazariyotchisi. Fors tilida bitgan «Favoyid ul-xututi» («Xatlar foydalari») risolasining 4 nusxasi OʻzFASHI jamgʻarmasida (inv. № 2617, 2606, 2383, 9038) saqlanadi. Asar 2 qismdan iborat boʻlib, 1-qismida yozuvning paydo boʻlishi, xat usuli yaratuvchilarining tarjimayi holi, arab yozuvining 14 xil usuli va ularning kelib chiqishi, atamalar va ularning etimologiyasi haqida maʼlumot berilgan; 2-qismida xat turlaridan suls, tavqe, rayhon, nasx, riqo, gʻubor va b. usullarining tavsifi va yozilish qoidalari bayon qilingan hamda har bir harfning yozilish qoidalari tushuntirilgan. Mazkur risola Markaziy Osiyoda yaratilgan husnixat sanʼati haqidagi eng muhim qad. asarlardan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x