DAVOLASH BADAN TARBIYASI

DAVOLASH BADAN TARBIYASItibbiyot boʻlimi; kasalliklarni davolash va oldini olishda jismoniy mashqlar va tabiiy omillarni, shuningdek, fizioterapiya va massajni birgalikda qoʻllash. Mexanoterapiya, mehnat bilan davolash va davo massaj» D. b. t. ning tarkibiy qismidir. Davolash badan tarbiyasi kuch-kuvvatni tiklovchi davo; uni toʻgʻri qoʻllash bemorning tez sogʻayib ketishiga, ish qobiliyatini tiklashga va uni faol mehnatga qaytarishga yordam beradi. Davolash badan tarbiyasiga turli jismoniy mashqlar: gimnastika (ancha joʻn va bemorga moye), sport (changʻida va piyoda sayr etish, suzish va b.) va ochiq havoda oʻtkaziladigan oʻyinlar (voleybol, tennis, basketbol) kiradi. Maxsus tanlangan mashqlar Davolash badan tarbiyasining asosiy vositasidir. Jismoniy mashqlarni bajarish va organizmni chiniktirishda tabiiy omillar — suv, havo va quyoshdan foydalaniladi. Davolash badan tarbiyasi harakat faoliyati pasaygan, kam quvvat, uzoq vaqt betob yotgan bemorlarga buyuriladi. Davolash badan tarbiyasi operatsiyadan keyingi organizmni tiklash davrida, akusherlikda, nafas, ovqat hazm qilish, yurak-tomir, nerv sistemasi, tayanch-harakat aʼzolari, rivojlanish nuqsonlari hamda moddalar almashinuvining buzilishi bilan bogʻliq kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi. Davolash badan tarbiyasini faqat davolovchi vrach buyuradi, mashgʻulotlar Davolash badan tarbiyasi boʻyicha mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x