CHIMQOʻRGʻON MAKONI

CHIMQOʻRGʻON MAKONIchorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan qabilalar qarorgohi (mil. av. 1ming yillikning boshlari). Qashqadaryo viloyatidagi Chimqoʻrgʻon suv omborining jan. qirgʻogʻida. Arxeolog Duke Xuan tomonidan topilgan (1970). 1972-y. ning apr. —may oylarida tekshirilgan. Makonning katta qismi suv ostida qolib buzilgan. Tepalikda saklanib qolgan qismining sharkdan gʻarbga tomon uz. 22—24 m, eni shim. dan jan. ga 7 m, bal. 1,6 m. Ch. m. dan 7 mingga yaqin sopol parchalari, hayvon suyaklari, yorgʻuchoq, jez parchasi va b. topilgan. Sopol buyumlarning koʻpchiligi qoʻlda yasalgan tuvak, tovoq va tovalardan iborat. Baʼzi idishlarga loy boʻlakchalari yopishtirib bezatilgan, ayrimlarida mato izlari saqlanib qolgan.

Chimqoʻrgʻon makonining sopol buyumlari mil. av. 1ming yillikning boshlari va 7-a. larda chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan qabilalarning makonlaridan topilgan buyumlarga oʻxshaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x