CHIMBOY TUMANI

CHIMBOY TUMANIQoraqalpogʻiston Respublikasiaagi tuman. 1927-y. 3-iyulda tashkil etilgan. Shim,gʻarbdan Moʻynoq, gʻarbdan Boʻzatov va jan. dan Kegeyli, sharq va shim. sharqdan Qoraoʻzak, tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 3 ming km2. Axoliyey 92,8 ming kishi (2004). Tumanda 8 ovul fuqarolari yigʻini (Baxtli, Kenes, May, Mayjap, Tagjap, Tozajoʻl, Qiziloʻzek, Qoʻsterek) bor. Markazi — Chimboy sh.

Tabiati. Tuman hududi Amudaryo quyi oqimining oʻng sohilidagi tekislikda, Kegeyli kanali sohilida joylashgan. Bal. 60—70 m. Gʻarbiy va shim. qismlari botqoklashgan toʻqaylardan iborat. Shim. gʻarbidagi qum tepalari uncha baland boʻlmagan (250 m) Qoʻshxona togʻlariga tutashadi.

Iklimi keskin kontinental. Yer osti suvlari yaqin. Yozi issiq, quruq. Kishi sovuq. Yillik oʻrtacha tra 11°. Yanv. ning oʻrtacha trasi —6,9°. Eng past tra —32°. Amudaryo sohilida koʻlmak koʻp. Tuman hududida Qozoqdaryo va uning irmogʻi Erkindaryo oqadi. Ulardan Tasjarma, Qiziloʻzak, Qoʻshqarjiqqan kanallari chiqarilgan. 1939—40 y. larda qurilgan Mayjap va Obodjap kanallaridan ham ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi. Tuman hududi orqali Kegeyli kanali oʻtadi (tuman hududidagi uz. 70 km). Kizketgan, Oʻrjap va b. kanallar, Qorakoʻl, Maqpalkoʻl, Shardaryo, Tobonkoʻl kabi koʻllar bor. Ulardan ham ekinlarni sugʻorishda foydalaniladi. Tuproqlari, asosan, och boʻz, koʻngʻir, oʻtloqi, botqoqoʻtloqi tuproq; baʼzi joylarda shoʻr tuproklar va takirlar ham bor. Tabiiy oʻsimliklardan qamish, qoʻgʻa, yulgʻun va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan quyon, boʻrsiq, tulki, qobon, chiyaboʻri, boʻri, tipratikan, koʻrsichqon, har xil ilonlar, kaltakesaklar; qushlardan oʻrdak, gʻoz, birqozon, qoʻton, qiziloyoq, yilqichi, qirgʻovul, toʻrgʻay, kaptar, qirgʻiy, musicha va b. yashaydi.

Aholisi, asosan, qoraqalpoqlar; oʻzbek, rus, qozoq, tatar, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1km2 ga 31 kishi. Shahar aholisi 46,2 ming kishi, qishloq aholisi 46,6 ming kishi (2004).

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligida q. x. asosiy oʻrinni egallaydi. Paxtachilik va sholikorlik, chorvachilik va polizchilik yaxshi rivojlangan. Pillachilik bilan ham shugʻullaniladi.

Tumanda maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, paxta tozalash, yogʻmoy, gʻisht, qurilish materiallari, keramika, asfaltbeton zdlari va b. bor.

Chimboy tumanida 9 shirkat, 570 dan ziyod fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Q. x. da foydalaniladigan yerlarga paxta, sholi, sabzavot va poliz, yemxashak ekinlari ekiladi.

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy va echki, parranda boqiladi.

Chimboy tumanida ped. kasbhunar kolleji, umumiy taʼlim maktablari, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot inti, naslchilik styasi faoliyat koʻrsatadi. 6 kutubxona, bolalar madaniyat saroyi, 4 madaniyat uyi, 5 kasalxona, poliklinika, tugʻruqxona, 11 qishloq vrachlik punkti aqoliga xizmat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x