CHILLASHIR

CHILLASHIR (chilla va forstoj. — sut) — odamda toʻxtovsiz ich ketishi, glossit, anemiya, ozib ketish bilan kechadigan kasallik. Asosan, subtropik va tropik iqlimli joylarda uchraydi. Chillashir hammada, koʻproq tuqqan ayollarda chilla davriyaa kuzatiladi (nomi shundan). Oqsilli moddalarʻ kam, uglevodli ovqatlar koʻp isteʼmol kilinishi, issiq iqlim sharoiti va b. natijasida ichakda turli zamburugʻlarning koʻpayib, bijgʻish jarayonining kuchayishi hamda vitaminlar tanqisligi Chillashirga sabab boʻlishi mumkin.

Kasallik sekinasta boshlanadi (homiladorlik vaqtida boshlanishi ham kuzatiladi). Dastlab, bemorning qorni dam boʻlib, ogʻriydi, quldiraydi, koʻp yel chiqadi, gavda trasi normal yoki baland, yoxud past boʻladi. Toʻxtovsiz (sutkasiga 8—10-marta) ich ketadi (najas koʻpiksimon, oq rangda boʻladi). Til qizaradi, milk, tanglay, ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavati va yutqin yalligʻlanib, ularda yaralar paydo boʻladi. Koʻp ich ketishi ichakda soʻrilish jarayonini susaytiradi, ichki sekretsiya bezlari va nerv sistemasi faoliyati oʻzgaradi, qon ishlab chiqarilishi buzilib, kamqonlik yuzaga keladi, bemor ozadi, darmoni quriydi.

Davo kasallik belgilariga qarab tayinlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x