CHIM

CHIM — tuproqning koʻp yillik oʻt (ajriq, itqoʻnoq va b.) ildizlari, poyalari va ildizpoyasi oʻrami bilan qoplangan ustki qavati. Tarkibida organik modda koʻp. Qoʻriq va oʻtloq yerlarda paydo boʻladi, nam toʻplash va shimish uchun xizmat qiladi. Chimdan maxsus usulda koʻchirilgan boʻlaklar koʻkalamzorlashtirish va sugʻorishda egatlarga suv tarashda suv tuproqni yuvib ketmasligi uchun dahana yonlariga bosishda ishlatiladi. Yerni haydashda va mol boqilganda Chim buzilsa, tuproq eroziyasi roʻy beradi. Chim li tuproqlar chimqirqar plug bilan haydaladi, disklanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x