AFINA TARBIYASI

AFINA TARBIYASI — mil. av. 7-5-a. larda qad. Afinada bolalar va oʻsmirlar (qullardan tashqari) tarbiyasi tizimi. 7 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar grammatika maktabi, kifarachilar va palestra maktabida oʻqitilgan. Oʻziga toʻq oilalarning farzandlari mashgʻulotlarni 18 yoshgacha gimnasiyyaya davom ettirganlar. 18—20 yoshdagi oʻsmirlar tarbiyasi Efebiyapya shugʻullanish bilan yakunlangan. Maʼnaviy tarbiya gimnastik tarbiya bilan qoʻshib olib borilgan. … Читать далее

AFANASYEVA Zinaida Ivanovna

AFANASYEVA Zinaida Ivanovna (1907.26.9, Sankt-Peterburg – 1975.8.8, Toshkent) — balet oʻqituvchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1955). 1919—25 y. larda Leningrad xoreografiya bilim yurtida, shuningdek uning pedagoglar tayyorlaydigan boʻlimida oʻqigan. 1942—46 y. larda Yangiyoʻl oʻzbek musiqali teatrida baletmeyster-pedagog. Afanasyeva Navoiy nomidagi opera va balet teatrida mumtoz raqsdan daryo berdi (1946—53). Toshkent davlat xoreografiya bilim yurtining … Читать далее

AUTOGEMOTERAPIYA

AUTOGEMOTERAPIYA — bemorning venasidan olingan qonni muskul orasiga yoki teri ostiga yuborib, orga-nizmning muhofaza quvvatini oshirish va almashinuv jarayonlarini yaxshilash; ayrim kasalliklarni davolash usuli; yiringli yalligʻlanish (furunkulyoz va h. k.) kasalliklarida qoʻllaniladi.

AUKSOSPORA

AUKSOSPORA (yun. auxo — oʻstiraman va spora) — diatom su v oʻtlarida qalqonsiz ikki vegetativ hujayraning oʻzaro qoʻshilishidan hosil boʻladigan diploid hujayra — spora. Auksospora zigotaning bir koʻrinishi; reduksion boʻlinadi va hosil boʻlgan gaploid hujay-ralar yangi qalqon paydo boʻlguncha toʻxtovsiz oʻsa beradi.

ATONALLIK

ATONALLIK (yun. a — inkor qoʻshimchasi va tonal — ton) — tonalliknm, aniqrogʻi musiqaning lad asosini inkor etish bilan bogʻliq keng maʼnodagi atama, Avstriya skripkachisi va kompozitori R. Kolish (1896—1978) tomonidan aynan skripkada noaniq ijroga nisbatan ilk bor qoʻllanilgan. Musiqa sanʼatining obyektiv asoslarini, musiqiy hamohanglikpar tabiatini va garmoniya qonunlarini inkor etadi hamda tovushlarning ixtiyoriy birikmalari … Читать далее

ATOM SPEKTRLARI

ATOM SPEKTRLARI — erkin yoki kuchsiz bogʻlangan atomlarning (bir atomli gazlar yoki bugʻlar) elektromagnit toʻlqin chiqarganda (nurlanish A. s.) yoki yutganda (yutilish Atom spektrlari) paydo boʻladigan optik spektrlari. Atom spektrlari chiziq-chiziq, yaʼni alohida-alohida joylashgan spektral chiziqlardan tashkil topgan. Atom spektrlari nurlanishning koʻrinuvchi, ultrabinafsha va infraqizil sohalarida kuzatiladi. Nurlanish Atom spektrlari atomni turli yoʻllar b-n uygʻotilganda … Читать далее

ATMOSFERANING NURLANISH BALANSI

ATMOSFERANING NURLANISH BALANSI — atmosferada yutilgan va chiqarilgan nurlanish oqimlarining algebraik yigʻindisi. Atmosferada yutilgan nurlanish miqdori chiqarilgan nurlanish tufayli undan ketuvchi oqim miqdoriga nisbatan kam boʻladi. Shuning uchun Atmosferaning nurlanish balansi hamma vaqn manfiy boʻladi. Atmosfera manfiy nurlanish balansining 75 foizi atmosferadagi suv bugʻlarining quyuqlanishi tufayli ajralib chiqqan issiqlik hisobiga va 25 foizi yer sirtidan … Читать далее

ATMOSFERA DISPERSIYASI

ATMOSFERA DISPERSIYASI — yoritkich (yulduzlar) tasvirining spektrlarga ajralishi. Yulduzdan kelayotgan turli toʻlqin uzunligidagi nurlar Yer atmos-ferasidan oʻtishi jarayonida turlicha burchak ostida sinib tasvirda ranglarga ajraladi va shu sababli yoritqichning tasviri bir oz choʻziqroq boʻlib chiqadi. Yoritqichning zenit masofasi ortishi bilan tasvir choʻziqligi ham ortadi, binafsha nurlar qizil nurlarga Karaganda koʻproq singanidan ular hosil qilgan tasvir … Читать далее