AFANASYEVA Zinaida Ivanovna

AFANASYEVA Zinaida Ivanovna (1907.26.9, Sankt-Peterburg – 1975.8.8, Toshkent) — balet oʻqituvchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1955). 1919—25 y. larda Leningrad xoreografiya bilim yurtida, shuningdek uning pedagoglar tayyorlaydigan boʻlimida oʻqigan. 1942—46 y. larda Yangiyoʻl oʻzbek musiqali teatrida baletmeyster-pedagog. Afanasyeva Navoiy nomidagi opera va balet teatrida mumtoz raqsdan daryo berdi (1946—53). Toshkent davlat xoreografiya bilim yurtining tashkilotchilaridan (1947) va badiiy rahbari (1948 — 68). Oʻzbekistonda balet sanʼatini rivojlantirish, mumtoz raqs ustalarini tayyorlashga katta hissa qoʻshgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x