BUYUK KOʻLLAR

BUYUK KOʻLLAR — Shim. Amerikadagi yonmayon joylashgan 5 katta koʻl (Yuqori koʻl, Michigan, Guron, Eri, Ontario) ning umumiy nomi. AQSH bilan Kanadaning chegara qismida. Mayd. 245,2 ming km2. Suvining hajmi 22725 km3. B. k. dunyoda eng katta chuchuk suv havzasidir. Koʻllar bir-birlari b-n qiska, serostona daryolar orqdpi tutashgan. Koʻllar Atlantika okeaniga SanLavrentiy daryosi orkali oqadi. Eri va Ontario koʻllarini bir-biriga bogʻlovchi Niagara daryosida Niagara sharsharasi bor.

Buyuk koʻllar qirgʻoq chizigʻining umumiy uz. 18 ming km. Buyuk koʻllar toʻrtlamchi davr muzliklarining erishidan paydo boʻlgan. Shim. qirgʻoqlari baland, qoyali, bularda qizil, qoʻngʻir qumtoshlar, granitlar, gneyslar yaqqol koʻrinib turadi. Jan. va jan. sharqiy qirgʻoqlari past. Orol koʻp. Chikago sh. yaqinida koʻl suvining t-rasi yanv. da 0ʻ, avg. da 20°. Dek. dan aprel oxirigacha muz bilan qoplanadi. Buyuk koʻllarda baliklarning 173 turi bor. Ichki suv yoʻllarining uz. 1873 km. Buyuk koʻllar dagi kema yoʻllarining uz. 3 ming km atrofida. Buyuk koʻllar atrofdagi dare va koʻllar bilan ham kanallar orqali qoʻshilgan. Koʻllarda temir rudasi, don, kumir va b. yuklar tashiladi. Yirik portlari — Chikago, Detroyt, Miluoki, Buffalo, Klivlend, Toronto.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x