BUSHMEYSTER

BUSHMEYSTER, surukuku (Lachesus mutus) — zaharli ilonlar turi. Chinqiroq ilonlar oilasining choʻnqirbosh viperalar urugʻiga mansub. Uz. 4,3 m, yoʻgʻonligi odam sonidek, viperalar ichida eng yirigi va zaharlisi. Terisi qizgʻishsariq, orqa tomonida romb shaklidagi qator qora naqshlari bor; qorni oq yoki sargʻishoq, chinnidek yaraqlaydi. Jan. Amerika oʻrmonlarida yashaydi. U koʻpincha soya yerlarda kulcha boʻlib yotadi. Zahar tishi 2,5 sm cha, zahari oʻtkir. Odamga tashlanadi. Tuxum qoʻyib koʻpayadi. Turli jonivorlar bilan oziqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x