BUXORO VA SAMARQAND SUV TAQSIMOTI

BUXORO VA SAMARQAND SUV TAQSIMOTIZarafshon daryosining Samarqand va Buxoro vohalari oʻrtasidagi suv taqsimoti. Buxoro va Samarqand vohalarida suv taqsimoti Kadimdan to sunggi vaktlargacha muayyan tartibda davom etib kelgan boʻlib, Zarafshon dehkonchiligi uchun yaroqli yerlarning maʼlum bir qisminigina sugʻora olgan, xolos. Qad. miroblar daryodagi suv sathining holatini «vaqti purob» (koʻp suvlik), «vaqti miyonob» (oʻrta suvlik) va «vaqti qillatiob» (oz suvlik) paytlariga boʻlganlar. Zarafshon suvi oʻrtacha boʻlgan paytlarda «nimjoʻy», yaʼni «yarim ariq» usulida taksimlangan. Daryoda suv oz boʻlgan paytlarda hamma suv Buxoroga tashlangan. Bu «obpartav», yaʼni «suv tashlash» deb atalgan. «Obpartav» faqat Buxoro sh. ni suv bilan taʼminlash uchun qoʻllanilib, mavsumda 2-marta (may oyining 2-yarmi va avg. ning oxirida) amalga oshirilgan. «Obpartav» muddati 2—4 haftaga choʻzilgan. Zarafshon suvi masalasida Buxoro Samarqandga qaram boʻlgan. Shuning uchun ham Zarafshon vodiysining yuqori qismi podsho Rossiyasi tomonidan bosib olingandan soʻng Samarqand maʼmuriyati bilan Buxoro amirligi oʻrtasidagi munosabatlarda suv masalasi alohida oʻrin tutdi. 1872-y. har ikki tomon vakillari ishtirokida Samarqandda Buxoro va samarqand suv taqsimoti va S. s. t. komissiyasi tuziddi. Komissiya Buxoro va Samarqand oʻrtasidagi suv taqsimotining qad. tartiblarini muhokama qilib, mavsumda Buxoro uchun 2-marta — 15 apr. dan 15-maygacha va 15 avg. dan 15 sent. gacha daryoni «obpartav» yoki «nimjoʻy» qilishga qaror qildi. 19-a. ning 80—90-y. larida Samarqand vohasida sugʻoriladigan dehqonchilik maydoni kengaytirilib, Zarafshon suvining koʻpi ana shu vohaning yuqori qismida sarf boʻla boshladi. Natijada Buxoro vohasi teztez suv tanqisligiga uchrab turdi. Suv masalasini Buxoro va samarqand suv taqsimoti va S. s. t. komissiyasi 1894, 1895 va 1902-y. larda qaytaqayta muhokama qildi. Komissiya Buxoro va Samarqand vohalaridagi sugʻoriladigan yer maydoni hajmini nazarda tutib, quyidagicha qaror qildi:

1) Zarafshonda suv qancha boʻlishidan qati nazar, daryo suvining uchdan ikki qismi (67%)ni Samarqandga, uchdan bir qismi (33%) ni Buxoroga tashlash;

2) mavsumda ikki marta (2 apr. dan 20 apr. gacha va 18 avg. dan 5 sent. gacha) Buxoroga tashlanadigan suv miqdorini koʻpaytirish. Ammo bu b-n B. va S. s t. masalasi hal boʻlmadi. 19-a. oxirlarida Zarafshonning yuqori oqimida suv omborlari barpo etish va Buxoroga Amudaryodan suv chiqarish gʻoyalari paydo boʻldi. Bu gʻoyalar 20-a. 60-y. lariga kelib uzilkesil amalga oshirildi: vohaning sugʻorish sistemasi qayta qurilib, gidroinshootlar koʻpaytirildi, Zarafshon boʻylab «Oq va Qora daryo suv ayirgʻichi», Xarxoʻr, Shohrud, Shofirkon va b. yirik gidrouzellar qurildi, Kattaqoʻrgon, Quyimozor suv omborlari, AmuQorakoʻl kanalы va AmuBuxoro mashina kapali kabi ulkan sugʻorish inshootlari toʻliq qurilib, ishga tushirildi.

Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Axmad Donish, Istoriya mangitskoy dinastii, Dushanbe, 1967; Muhammadjonov A., Zarafshon vodiysiningsuv xoʻjaligi tarixidan, T., 1959.

Abdulahad Muhammadjonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x