AHMAD ibn MUSO

AHMAD ibn MUSO ibn Shokir (9-a.) — astronom. Ahmad al-Fargʻoniy zamondoshi, tarixda Muhammad va Hasan ibn Muso ibn Shokir nomi bilan mashhur boʻlgan uch aka-uka hayʼatshunos (munajjim)larning biri. Aka-ukalari katorida A i. M. Maʼmun akademiyasi hisoblangan «Bayt ul-hikmat»da ishlagan vaqnida Vizantiyadagi yunoncha qoʻlyozma manbalarni koʻrish uchun uyushtirilgan ekspeditsiyada qatnashgan. U Ahmad al-Fargʻoniy rahbarligida aka-ukalari bilan Sanjar sahrosi va Kufaning Tot degan joyida xalifa Maʼmunning topshirigʻi bilan yer meridiani boʻylab kenglik darajalari orasini muvaffaqiyatli ravishda oʻlchagan. Aka-ukalar Bagʻdoddagi Bob ut-Toq (Toq darvozasi) degan joy 33°20ʻ shim. kengliqda ekanligini juda toʻgʻri aniqlashgan. Ahmad ibn muso M. «Kitobi Maʼrifat misohat il-ashkol il-basita valquraviya» («Yumaloq va tekis shakllarni oʻlchashni oʻrganish») nomli 18 bobdan iborat asar muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x