BUSHUYEV Mixail Mixaylovich

BUSHUYEV Mixail Mixaylovich (1876 — 1936.18.2) — zootexnik, agronom. Mirzachoʻl tajriba dalasi mudiri (1905 — 18), TurkASSR Yer ishlari xalq komissari va Turkiston MIK aʼzosi (191821), RSFSR Yer ishlari xalqkomissarligi va SSSR Gosplanida rahbarlik lavozimlarida ishladi (1921 — 36). Bushuyev ilmiy ishlari Mirzachoʻl sharoitida gʻoʻza, kanop, makkajoʻxori, xashaki va qand lavlagi agrotexnikasi, seleksiyasi, bogʻdorchilik, sabzavotchilikni rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan. B. Oʻrta Osiyoda ingichka tolali gʻoʻzani ekish tashabbuskorlaridan. Shuningdek, chorvachilik seleksiyasi bilan ham shugʻullangan, mahsuldorligi yuqori boʻlgan yangi qoramol zotini yaratishni boshlab bergan (q. Bushuyev qoramol zoti).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x