ABDUKARIMOV

ABDUKARIMOV Abdusattor (1942.4.4, Chinoz tumani) — biolog va genetik olim. Oʻzbekiston FA akad. (2000), biol. fanlari d-ri (1979), prof. (1990). Oʻzbekiston FA Biokimyo in-tida katta ilmiy xodim (1972—78), Molekulyar biologiya (1978-y. dan) xavda Gen va hujayralar injeneriyasi biotexnologiyasi (1982-y. dan) lab. lari mudiri, Oʻzbekiston FA Genetika va oʻsimliklar eksperimental biol. i. t. instituti direktori (1992-y. dan). Abdukarimov tireoid gormonini bogʻlovchi oqsil molekulasi — retseptorni ajratib oldi, uning funksiyasi va fizik-kimyoviy xossalarini oʻrgandi. Qator genlar ajratib olish, vektor molekulalar konstruksiyasini yaratish, yakka hujayradan sunʼiy sharoitda oʻsimlik yetishtirish bilan bogʻliq ilmiy ishlar dasturiga rahbarlik qildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x