BUREYa TIZMASI

BUREYa TIZMASI — Uzoq Sharqning jan. da, RF Xabarovsk oʻlkasidagi togʻ tizmasi. Urmi, Amgun va Bureya daryolarining suvayirgʻichi. Granit, gneys, slanes, shuningdek choʻkindi va effuziv jinslardan tarkib topgan. Kryaj va oʻrtacha balandlikdagi togʻlardan iborat. Bureya daryosining bosh qismidan Tirma daryosining yuqori oqimiga qarab meridional yoʻnalishda choʻzilgan. Uz. kariyb 400 km. Bal. jan. da 1000 — 1100 m dan shim. da 1600—2071 m gacha. Yon bagʻrining pastki qismi igna bargli va keng bargli oʻrmon b-n, togʻ etagi va yon bagʻirlari dubzorlar bilan qoplangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x