BUQA

BUQA — erkak qoramol. Gavdasi sigirga qaraganda balandroq, tana va koʻkragi keng, suyagi yoʻgʻon va mustahkam, terisi kalin, serharakat. Vazni sigirnikidan 30—40% ogʻir, Erkak buzoq urgʻochisiga nisbatan 3—5 kg yirik tugʻiladi, 6—8 oyda jinsiy voyaga yetadi. Buqa uchun zotdor, sogʻlom erkak buzoqlar tanlanadi. Sigirlarni qochirishda 14—18 oyligidan boshlab 6—8 yil, ayrimlaridan 12—14 yil foydalaniladi. Buqa yaylovda 40—50, qoʻlda qochirilganda 100—150 sigirni qochirishi mumkin. Sunʼiy usudda spermasi bilan 1000—3000, hatto 5000 sigirni urugʻlantirish mumkin. Sigirlarni qochirishda 2 yoshgacha boʻlgan Buqadan oyiga 3—4-marta, katta yoshdagilardan haftasiga 2—3-martagacha foydalaniladi. Buqa spermasi (urugʻi) vaqtvaqti bilan tekshirib turiladi, sifatsizligi aniqlansa, qochirishga qoʻyilmaydi. Buqalar uchun yaxshi sharoit yaratilib, protein, mineral modda va vitaminli ozuqalar bilan boqiladi. Ular yezda ochiqda, qishda maxsus binoda saqlanadi. Qochirishga yaroqsiz Buqalar goʻshtga topshiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x