BUGʻ MASHINASI

BUGʻ MASHINASI — birlamchi porshenli dvigatel; bunda siqilgan suv bugʻining potensial energiyasi mexanik ishga aylanadi. Uzluksiz ishlaydigan Bugʻ mashinasi loyihasini I. I. Polzunov ishlab chiqqan (1763). Universal dvigatel sifatida 1774—84 y. larda J. Uatt yaratgan. 19-a. oxirigacha sanoat va transportda yagona dvigatel boʻlgan. Bugʻ mashinasini rivojlantirish ishi fka va z-dlar, elektr st-yalari, parovoz, kema va lokomobillar uchun, q. x. va mahalliy sanoat ehtiyojlari uchun statsionar Bugʻ mashinasi yaratishga olib keladi. Bugʻ mashinasining tortish xarakteristikasi yaxshi, ortiqcha nagruzka va reverslashga moslashuvchan, puxta va oddiy tuzilgan. Quvvati 15 MVt gacha, f. i. k. 20—25% ga yetadi. Kamchiligi iqtisodiy samaradorligi pastligi va quvvati cheklanganligidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x