BUNIYOTOV

BUNIYOTOV Ziyo Muso ugli (1923.21.12, Ozarbayjon, Astara sh. — 1997. 21. 2, Boku) — ozarbayjon sharqshunosi, Ozarbayjon FA akad. (1976), Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), tarix fanlari d-ri (1964), prof. (1965). 2-jahon urushi Qahramoni (1945). Ozarbayjon FA Sharqshunoslik in-ti direktori (198186, 198897). Ozarbayjon FA vitseprezidenti (1990—97). Buniyotovning ilmiy faoliyati Ozarbayjon va unga qoʻshni Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlari tarixi hamda madaniyati masalalariga bagʻishlangan. B. Qurʼoni karimning ozarbayjon tilidagi tarjimoni. U koʻplab oʻrta asr tarixchilari asarlarini arabchadan rus tiliga tarjima qilgan. Buniyotovning «Xorazmshohlar — anushteginiylar davlati (1097 — 1231)» nomli yirik tadqiqoti diqqatga sazovordir.

As: Gosudarstvo xorezmshaxov — anushteginidov (10971231), M., 1986; Krasnыy terror, Baku, 1993.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x