BULOQBOSHI TUMANI

BULOQBOSHI TUMANIAndijon viloyatipyatn tuman. Viloyatningjan. da. 1992-y. 3 aprda tashkil etilgan. Buloqboshi tumani shim. va sharqda Andijon va Xoʻjaobod tumanlari, gʻarbda Asaka va Marhamat tumanlari, jan. va jan. gʻarbda Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyati Aravon tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,18 ming km2. Aholisi 96,5 ming kishi (2000).

Buloqboshi tumanida 1 shaharcha (Andijon), 5 qishloq fuqarolari yigʻini (Buloqboshi, Nayman, Shirmonbuloq, Moyariq, Kulla) bor. Markazi — Buloqboshi qishlogʻi.

Tabiati. Tuman hududi togʻ va togʻ oldi tekisliklaridan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 3,5°, iyulniki 26°. Yiliga 180—190 mm yogʻii tushadi. Vegetatsiya davri 230 kun. Tuman hududidan Jan. Fargʻona kanali, Aravonsoy oqib oʻtadi. Tekisliklar boʻz, qoʻngʻir tuproqlar, adirlar qumtosh, mergel, lyoss va chaqirtoshlar bilan qoplangan. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, momaqaymoq. yalpiz, qamish, bangidevona, yantoq, otquloq, yulgʻun, ajriq, qirqboʻgʻin, gʻumay, quypichan, qoʻytikan usadi. Echkemar, qashqaldoq, toshbaqa, jayran, tulki, ilon, kaltakesak, tipratikan; qushlardan kaklik, bedana, laylak, yovvoyi oʻrdak, soʻfitoʻrgʻay, sassiqpopishak, qargʻa, zagʻizgʻon, mayna, boyoʻgʻli, burgut va b. yashaydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek qirgʻiz, qozoq, tojik, tatar, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km! ga 529 kishi toʻgʻri keladi (2000). Shaharliklar 4,1 ming kishi, qishloq aholisi 92,4 ming kishi.

Xoʻjaligi. Buloqboshi tumani asosan paxtachilikka ixtisoslashgan. Tumanda 2 GES, «Buloqboshi ipagi» korxonasi, badiiy buyumlar, trikotaj fkasi, poyabzal fkasi, tosh koni, xoʻjaliklararo mexanizatsiyalashgan koʻchma kolonna, avtokorxona, elektr tarmoqlari boʻlimi, MTP bor. Tumanda 65 kichik korxona va firmalar, 17 aksiyadorlik jamiyati mavjud. Xoʻjaliklari chorvachilik, bogʻdorchilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik bilan shugʻullanadi.

Q. x. da sugʻoriladigan yerlar 9363 ga, ekinzorlar 7076 ga, shu jumladan 3440 ga yerga paxta, 681 ga yerga yemxashak ekinlari, qisman grechixa ekiladi. Buloqboshi tumanida 8 shirkat xoʻjaligi, 56 dehqon va chorvachilik fermer xoʻjaliklari bor. Tuman xoʻjaliklari va xususiy fermalarda 3142 qoramol, 4140 qoʻy, 225 ot boqiladi. Yaqin t. y. stansiyasi — Andijon (tuman markazidan 22 km).

1999/2000 oʻquv yilida 31 umumiy taʼlim maktabida 22908 oʻquvchi, 1 gimnaziyada 136 oʻquvchi, 1 litseyda 130 oʻquvchi taʼlim oldi. Biznes maktabi, 26 ommaviy kutubxona, 5 klub, 8 qishloq madaniyat uyi, muzey, madaniyat va istirohat bogʻi xizmat koʻrsatmoqda. Tumanda 670 oʻrinli 32 kasalxona, 5 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 3 poliklinika, 17feldsherakusherlikpunkti, 3 qishloq vrachlik punkti boʻlib, ularda 218 vrach, 980 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (1999). 1992-y. dan «Buloqboshi» tuman gaz. chiqadi (adadi 4000).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x