BUGʻ-GAZ TURBINALI QURILMA

BUGʻ-GAZ TURBINALI QURILMAbugʻ va gaz turbinalarining ish sikllari birlashtirilgan energetik qurilma. Unda ish jismi sifatida yoqilgʻining yonish mahsulotlari, qizdirilgan havo (gaz turbinasida), bugʻ (bugʻ turbinasida) yoki bir turbinaning oʻzida bugʻgaz aralashmasidan foydalaniladi. Afzalligi ish jismining boshlangʻich t-rasi bugʻ turbinali qurilmalardagiga qaraganda ancha yuqori, tarmoqqa boradigan issiqlik t-rasi esa gaz turbinali qurilmalardagidan ancha past boʻladi. Bugʻ-gaz turbinali qurilmaning bir necha sxemasi bor. Aralash sxemali qurilmalar eng koʻp tatbiq etiladi. Bularda yoqiladigan barcha yoqilgʻi (tabiiy gaz, mazut) ning faqat 20 foizi gaz turbinasining yonish kamerasiga beriladi. Tarkibida foydalanilmagan kislorod boʻlgan yonish mahsulotlari gaz turbinasidan oʻtib, bugʻ qozoni oʻchogʻiga keladi va u boshqa har xil sifatli yoqilgʻi bilan qoʻshilib yonadi. Bugʻ-gaz turbinali qurilma 32% gacha boʻlgani holda nisbatan kam kapital mablagʻ talab etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x