BRITANIYA MUZEYI

BRITANIYA MUZEYI — jahondagi eng yirik muzeylardan, Londonda. Yevropada birinchi davlat muzeyi. 1753-y. da asos solingan, 1759-y. dan ishga tushgan (binosi ingliz soʻnggi klassitsizmi uslubida qurilgan, 1823—47, meʼmor R. Smyork; qiroatxona binosi, 1854—57, meʼmor S. Smyork). Britaniya muzeyida ibtidoiy sanʼat (asosan Britaniya orollari sanʼati), Qad. Misr va Mesopotamiya (Rozetta toshi, Ur sh. obidalari), Yunoniston va Qad. Rim sanʼati obidalari (Parfenon haykallari, Galikarnas maqbarasi, vaza va naqshli toshlar yigʻimi), Yevropa, Osiyo, Afrikaning Oʻrta asrlar sanʼati yodgorliklari (arab, Eron, Uzoq Sharq kulollik buyumlari, Benin bronzasi), shuningdek rasm, gravyura, kulollik buyumlari, tanga, medallar toʻplangan. Muzeyning etnografiya boʻlimidan Afrika, Amerika, Okeaniya va b. xalqlar madaniy yodgorliklari keng oʻrin olgan. Firdavsiyning Muhammad Joʻqiy tomonidan koʻchirilgan «Shohnoma»si (1440, 31 miniatyura bilan bezatilgan), «Boburnoma»ning qoʻlyozmasi (16-a. 2-yarmida koʻchirilgan), Amudaryo xazinasi (1877, Amudaryo sohilidan topilgan) va b. shu muzeyda saqlanadi. Britaniya muzeyi kutubxonasida 7 mln. dan ortiq kitob, taxm. 105 ming qoʻlyozma, taxm. 100 ming xartiya (qoʻlyozma hujjat) va yorliq, 3 mingdan ortiq papirus bor. 1926-y. dan muzey oʻz jur. ni nashr etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x