BRAGE

BRAGE (Brahe) Tixo (1546.14.12, Knudstrup — 1601.13.10, Praga) — daniyalik astronom; amaliy astronomiya islohotchisi. Brage boshchiligida qurilgan rasadxona (1576) Uraniborg, yaʼni «astronomlar uyi» deb ataddi. Brage rasadxonada 20 y. dan ortiq yulduz, sayyora va kometalar ustida tadqiqotlar olib bordi. Oy harakatidagi yillik notekislik va variatsiyalarini, kometalar atmosfera hodisasi emasligi (ularning Oydan ham yiroqda ekanligi)ni anikladi. Yoruglikning Yer atmosferasidagi refraksiyasch jadvallarini tuzdi. Yillik pretsessiya qiymatini juda aniq (51») topdi. Brage Kopernik sistemasini tan olmagan. U Yer olam markazida joylashgan, Quyosh uning atrofida aylanadi, sayyoralar esa Quyosh atrofida aylanadi, degan fikrga kelgan. Bragening Marsni kuzatuvlari natijalari asosida I. Kepler sayyoralarning harakatlanish qonunini yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x