ATELEKTAZ

ATELEKTAZ (yun. ateles — yetilmagan, notoʻliq va ektasis — choʻzilish) — oʻpka pufakchalari (alveolalari), segmentlar va b. ning havosizlanishi yoki deyarli havo qolmasligi natijasida burishishi (puchqayishi). Atelektaz bronxlar teshigining xar xil narsalar (nekroz natijasida koʻchib tushgan epiteliylar va h. k.) bilan tiqilib qolishi yoki bronxlarning tashqi tomondan siqilishi (plevrada transsudat yoki ekssudat yigʻilganda, oʻsmalarda) oqibatida roʻy beradi. Bulardan tashqari, tugʻma Atelektaz ham boʻladi — nafas olmaslik natijasida chaqaloq oʻpkasining yozilmay qolgan qismi. Davosi: kasallikning asosiy sababi bartaraf kilina-di; bola tugʻilayotgandaasfiksiyaning oldini olish chorasi koʻriladi; bronxga kirib qolgan yot jismlar olib tashlanadi; oʻsma, bronxoadenit va b. kasalliklar davolanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x