BOSQINCHILIK

BOSQINCHILIK — 1) ijtimoiy xavfli, oʻta ogʻir jinoyat, oʻzganing molmulkini talash maqsadida oshkora hujum qilish. Oʻzbekistonda Bosqinchilik jinoyati jabrlanuvchiga zoʻrlik ishlatib yoxud unga zoʻrlik qilish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa, jinoyatchi molmulki musodara etilib, 5 y. dan 8 y. gacha ozodlikdan mahrum qilinadi (OʻzR JK 164modda). Bosqinchilikning xavflilik darajasiga qarab, jazoning yana ham ogʻir turlari belgilangan. Maye, Bosqinchilik juda koʻp mikdordagi mulk talontaroji bilan bogliq holda oʻta xavfli retsidivist yoki uyushgan guruh tomonidan sodir etilsa, jinoyatchilar molmulki musodara qilinadi va ularga 15 y. dan 20 y. gacha ozodlikdan mahrum etish haqida jazo belgilanadi;

2) hoz. xalqaro huquqdagi tushuncha (q. Agressiya).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x