BOSMA SXEMA

BOSMA SXEMAradioelektronika qurilmasining uzeli (qismi); bosma montaj usulida uning platasiga (q. Bosma plata) rezistorlar, kondensatorlar, induktivlik gʻaltagi va h. k. tushiriladi. Radioapparatura, EHM va radioelektronika jihozlarini montaj qilishda qoʻllaniladi. Murakkab montaj ishlarini avtomatlashtirishga imkon beradi. Bosma sxema hosil qilish uchun, avvalo, radiodetallar oʻrnatiladigan dielektrik (mas, getinaks) plastina sirtiga montaj simlar uchun chuqurchalar qilinadi va ular maxsus metall eritmasi bilan toʻldiriladi. Metall eritmasi qotgandan soʻng radiodetallar oʻzaro puxta bogʻlanib qoladi. Bosma sxema yeli radioelektronika asboblari oddiy sxema asosida qurilgan asboblardan ancha mustahkam boʻladi. Hozir ishlab chiqarilayotgan televizorlarda asosan Bosma sxema qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x