BORORGANIK BIRIKMALAR

BORORGANIK BIRIKMALARbor atomining organik radikallar b-n hosil qilgan birikmalari. Bororganik birikmalarga (RBOH)2 va R2B(OH) (bu yerda R alifatik, alitsiklik va aromatik oʻrinbosarlar va ularning funksional hosilalari) koʻrinishdagi bororganik kislotalar hamda RBH2, R2BH va R,B kabi moddalar kiradi. Bororganik birikmalar ikki xil yoʻl b-n:

1) litiy va magniyorganik birikmalarga borat kislota efirlari va bor galogenidlar taʼsir ettirib;

2) tuyinmagan uglevodorodlarni gidroborlab olinadi. Bororganik birikmalar reaktiv dvigatellar uchun yoqilgʻi sifatida ishlatadigan borgidridlar olishda, toʻyinmagan birikmalarni polimerlashda katalizator sifatida, surkov moylariga qoʻshimcha sifatida va azoboʻyoqlar tayyorlashda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x