BORMASHINA

BORMASHINA — tishni davolash va sunʼiy tish qoʻyishda tishni silliqlash va tozalash uchun moʻljallangan kesuvchi asbob (bor) ni aylantiruvchi tibbiy apparat. Oyokda, elektr motor va turbina yordamida ishlatiladigan xillari bor. Elektr Bormashinada borning aylanish chastotasi 30 ming ayl/min; turbinali Bormashinada esa 350 ming ayl/min. Turbinali Bormashinada kompressor yordamida qisilgan havo 0,250,35 MN/m2 (2,5 — 3,5 kgk/sm2) bosim ostida yuboriladi. Bormashinadan zargarlik va b. baʼzi sohalarda ham foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x