BORODIN Aleksandr Porfiryevich

BORODIN Aleksandr Porfiryevich [1833.31.10(12.11) — Peterburg 1887.15 (27).2 ] — rus kompozitori va kimyogar olim. Tibbiyot d-ri (1858), prof. (1864). Rossiya Tibbiyotjarrohlik akademiyasi akad. (1877). Peterburgda ochilgan shifokor ayollar kursi (1872—87) ning tashkilotchilaridan biri.

Borodinning musiqa asarlarida ulugʻvorlik, vatanga muhabbat, erksevarlik gʻoyalari teran ifodalangan. Kamer — cholgʻu (2 ta kvartet, fortepiano kvinteti va b.), kamer—vokal (romans, hajviy qoʻshiqlar kabi) va b. asarlar muallifi. «Bahodirlik» (Ikkinchi) simfoniyasi (1867), «Knyaz Igor» operasi (1890-y. da N. Rimskiy — Korsakov va A. Glazunovlar nihoyasiga yetkazgan) Borodin ijodining choʻqqisidir. Borodinning ayrim asarlari (shu jumladan, «Oʻrta Osiyoda» simfonik manzarasi, «Knyaz Igor» operasi)da Sharq xalqlari musiqasining taʼsiri yaqqol sezilib turadi. «Knyaz Igor» operasi dastlab Toshkent rus opera teatri (1922-y. dan), keyinchalik Navoiy nomidagi opera va balet teatri repertuaridan mustahkam oʻrin olgan.

Borodin kumush nitratlarga brom taʼsir ettirib, brom almashgan yog kislotalari olishning original usulini ishlab chiqqan (1861), birinchi boʻlib f-torli birikma — benzoil f-toridni olgan (1862). Aldegidlarni zichlashtirish sohasidagi tadqiqotlari (1863 — 74) muhim ahamiyatga ega. U aldol kondensatlanish reaksiyasini kashf etgan; sirka aldegidni zichlashtirib, aldol olgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x