ASAKABANK

«ASAKABANK» — Oʻzbekistondagi ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik tijorat banki. OʻzR Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra 1995-y. 7 noyab. da tashkil etilgan. Boshqaruvi Toshkent sh. da joylashgan. Respublikaning barcha viloyatlari markazlarida va Qoraqalpogʻiston (Nukus sh.)da, Asaka, Qoʻqon, shuningdek Toshkentda («Avtotransport») filiallari bor. Respublikada avtomobil sanoati va unga xizmat koʻrsatadigan infratuzilmalarni rivojlantirishni moliyalash (asosan, «OʻzDEUavto» qoʻshma korxonasi va unga butlovchi qismlar ishlab chiqarish loyihalari), Oʻzbekiston fuqarolariga avtomobillar sotib olishda qulayliklar yaratish, yalpi kredit hisob-kitob xizmatlari koʻrsatish, qimmatli qogʻozlar b-n operatsiyalar va b. xizmatlarni amalga oshiradi. Aksiyadorlik kapitali summasi 5475, zaxira kapitali 2139, jami kapitali 8075; berilgan kreditlar 5001; koʻrilgan yillik foyda 667; jami aktivlari 18323 mln. soʻm (1997-y. 1yanv.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x