AGRONOMIYA

AGRONOMIYA (yun. agros — dala va nomos — qonun) — dehqonchilik qonun-qoidalari haqidagi fan. A. dehqonchilikning ilmiy asosi, uning hamma sohalariga doir ilmlar majmuidir. Agronomiyaning asosiy boʻlimlari: umumiy dehqonchilik, oʻsimlikshunoslik, seleksiya, urugʻchilik, urugʻshunoslik, agrokimyo, tuproqshunoslik, agrofizika, q. x. mikrobiologiyasi, fitopatologiya, entomologiya, q. x. melioratsiyasi. Ilmiy Agronomiya oʻsimliklar fiziologiyasi, biokimyosi, q. x. meteorologiyasi, genetika, mikrobiologiya, kimyo, fizika, mat., biofizika va b. tabiiy fanlarga asoslanib ish olib boradi. Agronomiya laboratoriya, vegetatsion, lizimetrik va dala tajribalarini oʻtkazib, har xil usullardan foydalanib eksperimental maʼlumotlar oladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x