BOLYAY

BOLYAY (Boyai) Yanosh [1802.15.12, Kolojvar (Kluj) — 1860. 27.1, Maroshvasharxey (TirguMuresh] — venger matematigi. Noevklid geometriya gʻoyalariga mustaqil ravishda kelgan. Talabalik yillaridayoq, parallel chiziqlar haqidagi postulatni isbotlash b-n shugʻullana boshlagan, keyinchalik ham bu ishlarini davom ettirgan. Bolyay oʻz tadqiqotlarini tartibga solib, 1832-y. da «Appendiks» asarini nashr qildirdi. Bu asar eng mukammal matematik asarlar jumlasiga kiradi. Bolyay ishlari tirikliga chogʻida tan olinmadi, bu hol uning ruhiyatiga salbiy taʼsir qildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x