BOLALAR POLIKLINIKASI

BOLALAR POLIKLINIKASI — 14 yoshgacha boʻlgan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatadigan davolashprofilaktika muassasasi. Bolalar poliklinikasi bolalar kasalxonasi tarkibiga kirishi yoki mustaqil holda faoliyat koʻrsatishi hamda koʻp tarmoqli boʻlishi mumkin. Qishloq joylarda markaziy tuman kasalxonalari qoshidagi poliklinikalarda bolalar maslahatxonasi boʻladi.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda (Toshkent sh. da) kattalar va bolalar poliklinikalari hamda ayollar maslahatxonasida oilav«iy vrach» omillari asosida tibbiy yordam koʻrsatadigan oilaviy poliklinikalar tashkil qilingan. Bu joylarda Bolalar poliklinikasi vazifasini oilaviy poliklinikalar bajaradi. Shu bilan birga bolalar konsultativdiagnostika poliklinikalari (markazlari) ham ochilgan. Bolalar poliklinikasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadigan xonalar (jarroh, logoped, revmatolog, tish, koʻz, buruntomoq va quloq kasalliklari, badantarbiya va uqalash xonalari), uyda yordam koʻrsatish va soglom bolalar boʻlimi, sut oshxonasi mavjud. Bolalar poliklinikasida tez-tez qoʻzib turadigan kasalliklardan aziyat chekadigan bemorlar dispanser kuzatuvida boʻladi (q. Dispanserizatsiya). Bolalar poliklinikasida bir necha vrach boʻlsa, ularning har biri maʼlum uchastkalarga biriktirib qoʻyiladi. Uchastka hududida yashaydigan har bir vrachga 1—2 hamshira yordam beradi. Bolalar poliklinikasi sogʻlom bolalarning asabiyruhiy, jismoniy rivojlanishini muntazam kuzatib borish, maslahatlar berish, bolalar va ularning otaonalarini sanitariyagigiyena jihatidan tarbiyalash ishlarini amalga oshiradi. Shuningdek, bolaning jismoniy rivojlanishiga alohida ahamiyat beriladi; gavda vazni oʻlchamlari (antropometriya) qayd qilib boriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x