Bojalar guruhi — Balki

Ko`rmaganning ko`rgani qursin, buni bilaman,
Ilk bora ko`rganimdan, jonim, seni sevaman,
Jonginam, o, mani jonginam.

Ko`zlaring quvnaganda yonaman, kulaman,
Ko`zlaring namlansa gar, kuyaman, so`naman,
Yig`lama, o, jonim, yig`lama.

Balki, jonim, meni sevasan,
Balki, jonim, meni sevmaysan,
Balki ustimdan kulasan,
Sevasan, kulasan, jonim.

Dushmanlarim bormi, yo`qmi do`stlarda, bilmayman,
Lek yuragimdan seni sevganimni bilaman,
Jonginam, o, mani jonginam.

Boriga baraka, chumchuq qarg`aga mos emas,
Arslon ohuga ko`ngil sira ham berolmas,
Axir biz insonlar, o, mani jonginam.

Balki, jonim, meni sevasan,
Balki, jonim, meni sevmaysan,
Balki ustimdan kulasan,
Sevasan, kulasan, jonim.

Yetti o`lchab, bir kesib, yoningga men kelaman,
Gaplarim gapirolmay, ortga qaytib ketaman,
Jonginam, voy, mani yorginam.

Balki, jonim, meni sevasan,
Balki, jonim, meni sevmaysan,
Balki ustimdan kulasan,
Sevasan, kulasan, jonim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x