BOGDANOVICH Karl Ivanovich

BOGDANOVICH Karl Ivanovich (1864.29.11, Vitebsk gubernyasi 1947.5.6, Varshava) — geolog olim. Peterburg konchilik in-tini tugatgan (1886). 1901 — 17 y. larda Rossiya Geol. qoʻmitasida ishlagan (1914-y. dan direktor), ayni vaqtda Peterburg konchilik in-ti prof. (190219). 1919-y. gacha Rossiyaning Yevropa qismi, Markaziy Osiyo, Sibir va Kavkazda katta tadqiqot ishlari olib borgan. Ruda konlari (1912—13) va 1931-y. da neft konlari geol. si boʻyicha katta toʻplamlari nashr qilingan. Oʻrta Osiyo boʻyicha olib borgan tadqiqot ishlari seysmologiyaga salmokli hissa qoʻshdi va shu regionning tektonik sxemasini belgilab berdi. 1919-y. dan Polshada Krakov akademiyasi prof.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x